Portfelning bir qismi
Operatorlar bir kunda ro'yxatning faqat bir ulushiga qo'ng'iroq qila oladi. Qolganlari ertaga, keyin keyingi haftaga qoladi — kechikish esa o'sib boradi.
Duecall mijoz bilan o'zbek yoki rus tilida gaplashadi, kechikish sababini aniqlaydi va kelishilgan to'lov sanasi hamda summasini CRM'ingizga yozadi.
Pilot: 2 hafta500 tagacha mijozbepul
Mijoz shaxsini tasdiqladi. Sabab — oylikning kechikishi. 15-oktabrgacha to'liq summani ilova orqali to'lashga va'da berdi. Qo'shimcha murojaat yo'q.
Siz kechikkan mijoz rolini o'ynaysiz, agent haqiqiy qo'ng'iroqdagidek gaplashadi. Yakunda — CRM'ga yoziladigan natija kartasi.
Namunaviy ma'lumotlar. Suhbat 90 soniyagacha, ro'yxatdan o'tish shart emas. Demo suhbat matni sifatni yaxshilash uchun saqlanadi — haqiqiy shaxsiy ma'lumot aytmang.
Brauzerda — mikrofon orqali hoziroq. Telefonga — SMS kod bilan tasdiqlangan raqamingizga agent o'zi qo'ng'iroq qiladi. Menejer bilan gaplashish — pastdagi ariza orqali.
Jonli demoni biroz keyinroq sinab ko'ring yoki pilot so'rang — biz o'zimiz ko'rsatib beramiz.
Asosiy mahsulot — kechikkan to'lov bo'yicha qo'ng'iroq. Qo'shimcha ssenariylar agentning boshqa qo'ng'iroq turlarida qanday gaplashishini ko'rsatadi.
Quloqchin bilan sifatliroq: agent ovozi mikrofonga qaytmaydi.
Agent haqiqiy telefon liniyasi orqali sizga qo'ng'iroq qiladi — mijozlaringiz eshitadigan ovoz va sifat bilan. Ssenariy — yuqorida tanlangan.
Hozir telefon liniyasi ulanmagan: raqamingizni tasdiqlang, agent tez orada qo'ng'iroq qiladi.
Qo'ng'iroq qilinishi kerak bo'lgan mijozlar soni har kuni operatorlar imkoniyatidan ko'p. Natija — portfelning bir qismi tegilmay qoladi, sabab va va'dalar eslatmalarda yo'qoladi.
Operatorlar bir kunda ro'yxatning faqat bir ulushiga qo'ng'iroq qila oladi. Qolganlari ertaga, keyin keyingi haftaga qoladi — kechikish esa o'sib boradi.
Mijoz nega to'lamagani va qachon to'lashi operatorning erkin yozuvida qoladi. Hisobot, filtr va nazorat uchun bunday yozuvlar yaroqsiz.
Qo'ng'iroq qilish mumkin bo'lgan vaqt cheklangan. Tanaffus, yig'ilish, kasallik — har biri yo'qotilgan qo'ng'iroqlar. Agent oynaning har daqiqasida parallel ishlaydi.
Pilot yakunida hisobot aynan shu ko'rsatkichlar bilan keladi — biz hech qanday raqamni oldindan va'da qilmaymiz.
Mavjud jarayoningizni o'zgartirmaysiz: ro'yxat sizdan, qo'ng'iroq bizdan, natija yana sizda.
CSV/Excel, API yoki admin panel orqali: ism, telefon, mahsulot, qarz summasi va kechikish kunlari. Agent kim nomidan, qanday ohangda gapirishi (playbook) siz bilan tasdiqlanadi.
Sizdaqo'ng'iroq jadvali va tasdiqlangan playbook.
Ish vaqtida, kelishilgan raqamdan. Shaxsni aniqlaydi, sababni so'raydi, to'lov sanasi va summasini kelishadi — mijoz qaysi tilda gapirsa, shu tilda.
Sizdahar bir mijoz bo'yicha sabab, va'da va yozuv.
Holat, sabab, kelishilgan sana va summa, murojaatlar, xulosa va transkript — webhook, API yoki CSV orqali, qo'ng'iroq tugagan zahoti.
Sizdaoperatorlar uchun tayyor navbat — faqat murakkab holatlar.
Har bir qo'ng'iroqdan bir xil tuzilmadagi maydonlar. Filtrlash, hisobot va keyingi qadam uchun tayyor.
Mijoz shaxsini tasdiqladi. Sabab — oylikning kechikishi. 15-oktabrgacha to'liq summani ilova orqali to'lashga va'da berdi. Qo'shimcha murojaat yo'q.
tasdiqlandi, uchinchi shaxs yoki noto'g'ri raqam
11 toifadan biri va mijozning o'z so'zlari
summa, sana, to'lov usuli, qat'iylik darajasi
qayta qo'ng'iroq, restrukturizatsiya, operator
Agent qattiq ssenariy ichida ishlaydi; ma'lumotlar qayerda va qancha saqlanishi shartnomada belgilanadi; natija sizning tizimingizga keladi.
Ro'yxat, natijalar, transkript va yozuvlar — bulut variantida bizning serverda, on-premise variantida faqat sizning infratuzilmangizda. Saqlash muddati siz bilan kelishiladi.
Nutqni tanish, javob yaratish va ovoz sintezi uchun tashqi AI xizmatlari ishlatiladi — suhbat audio va matni ularga uzatiladi. Qaysi xizmatlar va qanday shartlarda — shartnomada aniq yoziladi.
Demo suhbat matni sifatni yaxshilash uchun saqlanadi, telefon demosida raqamingiz SMS tasdiq uchun ishlatiladi. Haqiqiy shaxsiy ma'lumot aytmang.
Ro'yxatni qanday bersangiz, natijani shunday qaytaramiz.
Admin panelda faylni yuklaysiz, ustunlar tekshiriladi, natijani fayl yoki panel orqali olasiz.
Ro'yxatni yuborish, qo'ng'iroq holati; har qo'ng'iroq yakunida imzolangan JSON sizning manzilingizga.
Mijoz telefon bo'yicha topiladi, natija kontakt yoki bitim lentasiga yoziladi; Telegram guruhiga xabar.
API/webhook asosida sizning IT jamoangiz bilan birga ulanadi.
On-premise loyihada, bankning ichki tizimi bilan alohida ishlab chiqiladi.
{
"event": "call.finished",
"call": {
"outcome": "promise_to_pay",
"identity": "confirmed",
"reason": "salary_delay",
"promises": [
{ "amount": 1850000, "date": "2026-10-15", "strength": "firm" }
],
"summary": "…",
"transcript": [ … ]
},
"requests": [ … ]
} Narx individual hisoblanadi — portfel hajmi, qo'ng'iroqlar soni va joylashtirish turiga qarab. Nimadan iboratligi oldindan tushunarli.
MFO, nasiya savdo, telekom, kommunal
Banklar
Aniq hisob-kitob pilot yakunida: real daqiqalar, bog'lanish va natijalar asosida.
Qisqa va to'g'ridan-to'g'ri javoblar.
O'zbek va rus tilida. Mijoz suhbat o'rtasida tilni almashtirsa, agent ham almashadi. Aralash (uz-ru) nutqni tushunadi.
Ro'yxat, natijalar, transkript va yozuvlar bulut variantida bizning serverda, on-premise variantida — faqat sizda saqlanadi. Nutqni tanish, javob yaratish va ovoz sintezi uchun tashqi AI xizmatlari ishlatiladi: suhbat audio va matni ularga uzatiladi. Qaysi xizmatlar, qanday shartlarda va qancha vaqt saqlanishi shartnomada aniq belgilanadi.
Ha. Banklar uchun tizim sizning serveringizda ishlaydi: o'z Asterisk/SIP trunk va raqamingiz, ro'yxat va natijalar tashqariga chiqmaydi. Nutq xizmatlari bo'yicha variantlar loyihada kelishiladi. Bulut varianti MFO va nasiya savdo uchun tezroq boshlanadi.
CSV/Excel orqali pilot — bir necha kun ichida: ro'yxatni yuklaysiz, playbook'ni tasdiqlaysiz, qo'ng'iroqlar boshlanadi. API/CRM integratsiyasi va on-premise loyiha alohida rejalashtiriladi.
Yo'q. Va'da — mijoz aytgan sana va summa. Agent uni qat'iy yoki taxminiy deb belgilaydi; haqiqiy to'lov sizning tizimingizda tekshiriladi, agent esa va'da kuni eslatma qo'ng'irog'i qiladi.
Agent bahslashmaydi va bosim o'tkazmaydi. Mijozni tinglaydi, murojaatni yozib oladi va suhbatni operatorga uzatish uchun belgilaydi. Bunday qo'ng'iroqlar hisobotda alohida ko'rinadi.
Yo'q. Agent takrorlanuvchi qo'ng'iroqlarni oladi: eslatish, sabab, va'da. Operatorlar nizoli, murakkab va katta summali holatlar bilan ishlaydi — ularga tayyor kontekst bilan.
Eng oddiy yo'l — admin panelda CSV/Excel. Keyin REST API va webhook: har qo'ng'iroq yakunida JSON keladi. Bitrix24, amoCRM va Telegram uchun tayyor ulanish bor; 1C va core-banking — loyiha bo'yicha.
Qo'ng'iroqlar rasmiy raqamdan, belgilangan ish vaqtida, cheklangan urinishlar soni bilan qilinadi. Bir mijozga kuniga ko'p marta qo'ng'iroq qilinmaydi, «qo'ng'iroq qilmang» so'rovi darhol hurmat qilinadi. Bu amaliyot spam belgisi xavfini kamaytiradi, lekin uni butunlay istisno qila olmaydi.
Ulanish va sozlash (bir martalik), platforma to'lovi (oylik yoki yillik litsenziya), suhbat daqiqalari va telefoniya. Aniq raqam portfel hajmi va joylashtirish turiga bog'liq — pilot yakunida real ko'rsatkichlar asosida hisob-kitob beramiz.
Qisqa ariza qoldiring: bir ish kuni ichida bog'lanamiz va 2 haftalik bepul pilotni rejalashtiramiz.
Telegram orqali yozing →